Tuxel APLni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel Angliya premer-ligasi 18-turdan o'rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o'yin boshqa muddatga qoldirilmaganidan norozi bo'ldi.
"Ha, biz mazkur o'yinni boshqa muddatga ko'chirishni so'ragandik. O'yinchilarning xavfsizligi va sog'lig'i borasida etarli argumentlarni taqdim qilgandik. Ammo bizning murojaatimiz inkor qilindi. Bu og'ir. Biz futbolchilarning sog'lig'idan xavotirdamiz. Yakunda biz maydonga jarohatlangan o'yinchilarni tushirib, tavakkal qilishimiz zarur.
Xavotirdaman, axir jamoaning 4 a'zosida koronavirus aniqlangandi. Biz barchamiz avtobusda, o'yinlarda va har joyda birga bo'lar ekanmiz, kasallikka qanday qilib chek qo'yish mumkin? O'zimizni go'yoki hech narsa bo'lmayotgandek tutishimiz kerakmi? Hafsalamiz pir bo'ldi va achchiqlandik", - dedi Tuxel.

Bosh sahifaga
433