"Inter" Ivan Perishich bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

Tajribali vinger Ivan Perishich "Inter"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tomonlar hamkorlikni uzaytirish borasida kelisha olmayapti. “Inter” Ivanga mavsumiga 3,5 million evro maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qildi. Perishich esa yiliga 6 million evro, bonuslar bilan birga olmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Perishichning "Inter" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Joriy mavsumda xorvatiyalik futbolchi A seriyada 16 ta o'yin o'tkazib, shaxsiy hisobiga 4 ta muvaffaqiyatli zarba va 1 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
454