Vlaxovich A seriyada ajoyib natija ko'rsatmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106

Bugun, 19 dekabr kuni “Fiorentina” A seriya 18-turi doirasida “Sassuolo”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
“Fiorentina”ning gollaridan biri hujumchi Dushan Vlaxovich hisobiga yozildi. Shunday qilib, serb futbolchisi A seriyaning ketma-ket 6 uchrashuvida gol urdi. Bu “Fiorentina” futbolchisi uchun 1994 yildan buyon eng yaxshi gol urish seriyasidir. Eng yaxshi natija esa ketma-ket 11 uchrashuvda gol urgan Gabriel Batistuta tegishli. Argentinalik futbolchining bu ko'rsatkichi A seriya rekordi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
455