"Barselona" uni sotmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169
"Barselona" rahbariyati jamoa darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani bekor qilmaydi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi klubda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, darvozabonga uni sotmasliklarini aytgan. Joriy mavsumda nemis futbolchi "Barselona" safida barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib 6 uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
"Barselona" 2021 yilda Ispaniya chempionatida "Elche" va "Sevilya" bilan o'yin o'tkazishi kerak. 16 uchrashuvdan keyin Xavi shogirdlari 24 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!