Levandovski bu borada ham birinchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati doirasida "Volfsburg"ga qarshi o'yinda jamoasining to'rtinchi goliga mualliflik qildi.
Shu tariqa, polyak 2021 yilda 69 ta gol urdi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Levandovski etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o'rinni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe va Dortmundning “Borussiya” klubi forvardi Erling Xolland bo'lishib turipti, ular 49 tadan to'p kiritgan.
Keyingi o'rinlarda "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu (46) va "Real" vakili Karim Benzema (45).
“PSJ” hujumchisi Lionel Messi joriy yilda 43 ta gol urgan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!