"Everton"da bugun yangi futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

"Dinamo" himoyachisi Vitaliy Mikolenko bugun "Everton"da tibbiy ko'rikdan o'tadi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Shundan so'ng shartnoma imzolanadi, kelishuv haqida tez orada e'lon qilinadi.
"The Guardian" xabariga ko'ra, kelishuv 5 yilga mo'ljallanadi. "Everton" "Dinamo"ga 21 million evro to'laydi, bu summa bonuslarni hisobga olgan holda 23 millionga ko'tarilishi mumkin.
Mikolenkoning "Everton"ga o'tishi qishki transferlar oynasida chap qanot himoyachisi Lyuka Dinning jamoani tark etishiga olib keladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233