Kavaniga Braziliya va Argentina klublaridan taklif bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani mankunianliklar safini tark etishga yaqin turibdi. Futbolchining xizmatlariga Evropa va Janubiy Amerikaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Kavaniga “Gremio” va “Boka Xuniors”dan takliflar bo'lgan. Urugvaylik hujumchi Janubiy Amerika qit'asiga ketishdan bosh tortdi. Kavani faoliyatini Evropada davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, Kavani Kataloniyaning “Barselona”ga o'tishi mumkinligi ekani xabar qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279