Mbappe PSJ bilan Chempionlar ligasida g'alaba qozonmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

PSJ yulduzi Kilian Mbappe bu mavsumda Chempionlar ligasidagi g'alabani intiqlik bilan kutmoqda. Bu haqda u OAV vakillari bilan suhbat chog'ida aytib o'tdi.
“Biz o'yinimizni yaxshilashimiz va ushbu turnirda g'alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. PSJ so'nggi ikki yilda juda kuchli o'sishga erishdi. Rahbariyat juda ham g'alaba qozonishimizni istamoqda.
Bu mavsum muvaffaqiyatli bo'lishini istaymiz. Lekin omad ham juda muhim. Biz Chempionlar ligasida g'alaba qozonishga umid qilamiz, klubdagi hamma buni xohlaydi”- deya hujumchining so'zlarini keltiradi “Marca” nashri.
Chempionlar ligasining 1/8 finalida Parij grandiga “Real Madrid” raqiblik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278