«Tottenxem» «Atletiko» futbolchisini ijaragan olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

«Tottenxem» «Atletiko» yarimhimoyachisi Toma Lemarning transferi borasida ishlamoqda.
The Independent nashrining xabariga ko'ra, London klubi 25 yoshli futbolchini yanvarda 6 mln evro evaziga ijaraga olishmoqchi. Ijara muddati yakunlangach esa «shporlar» frantsiyalik futbolchini 60 mln evroga sotib olishni maqsad qilishgan.
Lemarning o'zi ham «Atletiko»dan ketishni xohlamoqda. Bungacha Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone esa futbolchining ishonchni oqlay olmayotgani haqida aytgandi.
Lemar bu mavsumda La Ligada 10 ta o'yin o'tkazib, 3 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
270