«Everton» Ukrainadan futbolchi xarid qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Kievning «Dinamo» klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku futbolchilaridan biri «Everton»ga o'tishini ma'lum qildi.
«U «Everton»ga o'tdi. Bu «Dinamo»ning Yarmolenkodan keyingi birinchi yirik transferi. U yosh futbolchi, boshqalarga o'rnak bo'ladi.
Natijalardan tashqari, futbolchilarga ma'lum kareraga ega bo'lish imkoniyatini berish juda muhim», - deydi Luchesku Telecom Sport nashriga bergan intervyusida. U futbolchining ismini oshkor etmadi.
Avvalroq OAVda ingliz klubi 22 yoshli himoyachi Vitaliy Mikolenkoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning transfer summasi 23 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314