"Yuventus" hujumchisining kelajagi borasida bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126

"Yuventus" "Atletiko"dan ijaraga olingan hujumchi Alvaro Moratani sotib olmoqchi emas.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko'ra, Turin klubi futbolchini 35 million evroga sotib olish huquqiga ega, ammo bu variantni faollashtirishni rejalashtirmayapti.
Qayd etilishicha, “Yuventus” o'ziga yangi hujumchi qidirmoqda. Short-listga kiritilgan futbolchilar orasida Edinson Kavani, Antoni Marsiyal (ikkalasi ham "Manchester Yunayted") va Mauro Ikardi (PSJ) bor.
Joriy mavsumda "keksa sinora" safida Morata 21 o'yin o'tkazib, 6 gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Soccernews.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308