«Real»ning yana 4 futbolchisida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

«Real» klubi bugun ertalabki mashg'ulotni bekor qilib, barcha o'yinchilarni qaytadan koronavirusga testdan o'tkazgan edi. Test natijalariga ko'ra, madridliklarning yana 4 nafar o'yinchisida infektsiya aniqlandi.
Yarim himoyachilar Marko Asensio va Garet Beyl, hujumchi Rodrigo Goes, shuningdek, darvozabon Andrey Luninda koronavirus chiqqan. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining yordamchisi Davide Anchelotti topshirgan test ham musbat natija bergan.
Eslatib o'tamiz, kechagi tekshiruv natijasida yarim himoyachi Luka Modrich va himoyachi Marselo koronavirusga chalingani ma'lum bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, 19 dekabr kuni «Real» o'z maydonida «Kadis»ni qabul qilishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319