Xavi yana bir futbolchi transferiga yo'l qo'ymadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308

“Barselona” “Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Pol Pogbani sotib olish bo'yicha muzokara olib bormayapti. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar bermoqda.
Pogbaning agenti Mino Rayola “Barsa” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi va mijozining “Kamp Nou”ga o'tishini muhokama qildi. Biroq, bunday kelishuvga erishish imkoniyatiga “ko'k-anorranglilar” bosh murabbiyi Xavi Ernandes yo'l qo'ymadi. Yosh murabbiy Pogbani o'z jamoasida ko'rishni istamaydi.
Eslatib o'tamiz, kelasi yozda Pogbaning “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi o'z nihoyasiga etadi. Frantsiyalik futbolchi “qizil iblislar” bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319