"Lester"ning nechta futbolchisida virus aniqlangan? Brenden Rojers javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 133

"Lester" klubi bugun tunda "Tottenxem"ni qabul qilishi kerak edi. Ammo mezbonlar tarkibida ko'plab futbolchilar koronavirusdan zararlanganligi sababli ushbu o'yin qoldiriladigan bo'ldi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, "tulkilar"ning 9ta futbolchisi infektsiya yuqtirib olgan. Bu haqida Brenden Rojers shunday deydi:
"Biz hali ham bir nechta futbolchilarimizdan foydalana olmaymiz. Umumiy miqdorda to'qqizta o'yinchi virus va boshqa tibbiy sabablar tufayli maydonga tusha olmaydi. Shu sabab bugungi o'yinda qatnasha olmaymiz".
Eslatib o'tamiz, Rojers jamoasining bugungi raqiblarida ham virus bilan bog'liq muammolar bor edi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214