“Barsa” kelasi yozda Evropa chempioni bilan shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 145

Yarimhimoyachi Federiko Bernardeski kelasi yozda tugaydigan amaldagi shartnomasini uzaytirish borasida “Yuventus” bilan kelisha olmadi. Futbolchi maoshini kamaytirmoqchi emas va klub unga yiliga to'rt million evrodan ko'proq maosh berishga rozi bo'lmadi.
“Diario” nashri xabariga ko'ra, “Barselona” bu vaziyatdan unumli foydalanish niyatida. Manba bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchining agenti Federiko Pastorello bilan bo'lajak hamkorlikni muhokama qilib bo'lishgan.
Qayd etilishicha, Bernardeskining ham Ispaniya chempionatida o'zini sinab ko'rishga qarshi emas. 27 yoshli italiyalik kelasi qishda “ko'k-anorranglilar” bilan dastlabki kelishuvga erishishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
406