“Real” “Bavariya” vingeriga taklif jo'natmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Ma'lum bo'lishicha, “Real” “Bavariya” vingeri Kingsli Komanga da'vogarlar qatoridan joy olgan. Aniqlik kiritib o'tish joizki, frantsiyalik futbolchi Myunxenni tark etmoqchi, chunki klub unga maoshini sezilarli darajada oshirishga tayyor emas.
“Diario” nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, “Chelsi” va PSJ ham futbolchining talablarini qondirish niyatida. E'tiborlisi, Komanning ishtahasi ancha yuqori. U yiliga 20 million evro maosh olishni istamoqda.
Bundan tashqari, potentsial xaridor futbolchining transferi uchun taxminan 50 million evro tayyorlashi kerak, chunki uning “Bavariya” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217