Marsyal uchun Madrid klubi hamkurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

Ko'rinishidan, hujumchi Antoni Marsyalni “Manchester Yunayted”dan ketadi. O'tgan haftada futbolchining agenti frantsiyalik futbolchining klubni tark etish istagi borligini ma'lum qilgan va hozirda u potentsial xaridorlar bilan faol muzokaralar olib bormoqda.
Britaniyaning “Daily Mirror” nashri “Atletiko Madrid” Marsyal uchun kurashga qo'shilganini ma'lum qildi. Manbaga ko'ra, “matraschilar” kelishuv summasini 30 million evrogacha oshirib, raqobatchilardan o'zib ketishga umid qilishmoqda.
Ispaniyaliklarning bunday niyatlari, birinchi navbatda, hujumchi Joau Feliksning jamoani tark etishi mumkinligi bilan izohlangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
212