Rasman! APLda yana bir uchrashuv qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Angliya Premer-ligasi klublari safida koronavirus infektsiyasi avj olgani sababli o'yinlarni qoldirishda davom etmoqda. “Lester”da COVID-19 infektsiyasining ko'payishi jamoaning payshanba oqshomida “Tottenxem”ga qarshi o'yini qoldirilishiga olib keldi. Premer-liga saytining qayd etishicha, “tulkilar”da o'yinda ishtirok etish uchun etarlicha futbolchi yo'q.
Eslatib o'tamiz, “Tottenxem”ning Angliya chempionatidagi uchinchi o'yini qoldirildi. Avvalroq, “shporlar” koronavirus tufayli “Brayton”ga qarshi, yomon ob-havo tufayli “Byornli”ga qarshi o'ynamagandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328