Toshkentda bo'ladigan boks oqshomining “Face to face” marosimidan FOTOGALERIYa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

17 dekabr kuni Toshkent katta professional boks oqshomiga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor.
“Matchroom Boxing” kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan boks kechasida bir yulduz sportchilarimiz ringga ko'tariladi.
Kechaning markaziy jangida Isroil Madrimov kelib chiqishi Kot D'Ivuarlik bo'lgan, Frantsiya sharafini himoya qiluvchi Mishel Soroga qarshi jang o'tkazadi.
Ayni paytda Mishel Soro WBA reytingida 1, Isroil Madrimov esa 2-o'rinni egallab turibdi.
Shou doirasida Shahram G'iyosov, Hasanboy Do'smatov, Bektemir Meliqo'ziev, Iqboljon Xoldorov, Elnur Abduraimov va Dilshodbek Ro'zmetov kabi bokschilarimiz ringga ko'tarilishi kutilmoqda.
Quyida bugun o'tkazilgan “Face to face” marosimidan fotogaleriyani e'tiboringizga havola etamiz.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Bosh sahifaga
350