Ukrainalik futbolchiga Italiya klublari da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

“Dnepr-1” va Ukraina terma jamoasi hujumchisi Artem Dovbik Evropaning bir qancha klublari qiziqishlari doirasida.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga Italiyaning "Fiorentina", "Torino" va "Bolonya" kabi klublari qiziqish bildirmoqda. “Binafsharanglilar” agar Dushan Vlaxovichni sotsa, Dovbik bilan shartnoma imzolashi mumkin. Qolaversa, unga Angliya premer-ligasi klubidan ham qiziqish bor. Bundesliga varianti futbolchini qiziqtirmayapti.
Qayd etish lozim, 24 yoshli hujumchi ayni damda Ukraina chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. U 17 o'yinda 14 gol urib, 4 golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276