Qozog'iston futzal jamoasi a'zosi: «Mag'lubiyatda hech kimni ayblamang»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Futzal bo'yicha Qozog'iston milliy jamoasi a'zosi Birjan O'razov O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tgan ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi borasida (4:6) o'z fikrini bildirib o'tdi.
«G'alaba va mag'lubiyat hamisha yonma-yon yuradi. Bugungi bahsda mag'lubiyatga uchradik, ammo endi xatolar ustida ishlab, yanada kuchli bo'lib qaytamiz. Kimnidir ayblash shart emas. O'yin davomida kontsentratsiyani yo'qotdik va o'yin natijasiga ta'sir ko'rsatgan boshqa sabablar bo'ldi. O'zimizning kuchli va kuchsiz tomonlarimizni ayniqlash uchun ham o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkaziladi. Endi esa Evropa chempionatiga tayyorlanamiz. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz bizga kerak!» — deya yozdi O'razov "Instagram" orqali.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
276