"Yuventus"ga ikki futbolchi taklif qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang va "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsiyal agentlari tomonidan "Yuventus"ga taklif qilingan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o'z Twitter sahifasida ma'lum qildi.
Manba, shuningdek, ushbu futbolchilarning hozirgi maoshlari "Yuve" uchun juda yuqori ekanligini qayd etgan. Ular “Yuventus”ning yangi loyihasi talablariga javob bermaydi.
Oldinroq Marsiyalning agenti frantsiyalik futbolchi yanvarda "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi ekanini aytgandi. Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi jamoasi safida o'nta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. "Transfermarkt" portali uni 35 million evroga baholamoqda.
Obameyang esa noto'g'ri xatti-harakatlari uchun "Arsenal"da sardorlik bog'ichidan mahrum qilindi. Joriy mavsumda 32 yoshli gabonlik 15 o'yinda 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning narxi, "Transfermarkt" ma'lumotlariga ko'ra, 25 million evro.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
275