“Yuventus” futbolchisi rahbariyatdan 7 million evro talab qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

“Yuventus”ga yarimhimoyachi Aaron Remzidan qutulish oson bo'lmaydigan ko'rinadi. Bir necha hafta oldin Italiya matbuoti tomonlar shartnomani o'zaro bekor qilish bo'yicha kelishib olgani, ammo futbolchi o'z shartlarini qo'yishga qaror qilgani haqida yozgan edi.
“TuttoJuve” nashri xabariga ko'ra, uelslik futbolchi yanvarda transferga rozi bo'lish uchun klubdan etti million evro talab qilmoqda. Bu summa uning Turindagi yillik maoshiga teng. Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi klublaridan taklif bor.
Bosh murabbiy Massimiliano Allegri futbolchiga ishonmaydi, shuning uchun uning “Yuventus”dagi kelajagi so'roq ostida. Joriy mavsumda yarimhimoyachi jamoaning atigi 5 ta uchrashuvida ishtirok etdi.

Bosh sahifaga
302