Azar “Lill”ga qaytishi mumkin (mi?)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Madridning “Real” klubi vingeri Eden Azar atrofida yuzaga kelgan qiyinchiliklardan so'ng, jurnalistlar “Lill” prezidenti Olive Letangdan belgiyalik futbolchining Liga 1 musobaqasiga qaytishi mumkinmi, deb so'rashdi.
Qizig'i shundaki, prezident voqealarning xuddi shunday uyg'unligini istisno qilmadi. Uning so'zlariga ko'ra, futbolchining o'tishi favqulodda narsa emas.
– Azarni “Lill”ga qaytishi? Bu imkonsiz emas. Kerak bo'lsa, shaxsan o'zim Ispaniyaga boraman. Bu fantastik futbolchi. Endi Eden “Real Madrid”ning sharafini himoya qiladi va bu jamoa bilan shartnomaga ega”, - dedi Letang “L’Equipe” nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
283