"Barselona" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches "Barselona"ga o'tishi mumkin.
Kataloniya klubi "Sevilya"dan ijaraga olingan Lyuk de Yongdan qutulmoqchi va boshqa hujumkor futbolchi qidirmoqda. Gollandiyalik forvard xizmatlariga “Inter” qiziqish bildirmoqda. "Sevilya" klublar o'rtasida o'yinchi almashishga qarshi emas.
Sanchesning "Barsa"ga o'tishi kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi roziligi bilan amalga oshishi mumkin. Chililik futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha “Barselona” safida to'p surgan.
A Seriyaning joriy mavsumida Sanches 10 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
302