"Bavariya"ning yozgi rejalari Levandovski va Koman bilan muzokaralarga bog'liq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

"Bavariya" yozgi transfer oynasi uchun qanday rejalari borligi ma'lum bo'ldi.
Bild xabariga ko'ra, Myunxen klubining harakatlari hujumchi Robert Levandovski va vinger Kingsli Koman bilan yangi shartnomalar qanday muhokama qilinishiga bog'liq.
Agar bu futbolchilarning kelajagini muhokama qilishda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, u holda "Bavariya"ga alternativ variant sifatida Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xoland va "Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele bo'ladi.
Qolaversa, “Bavariya”da “S rejasi” ham bor.
Agar Levandovski va Koman bilan shartnomalar uzaytirilmasa, Xoland va Dembelening transferlari muvaffaqiyatsiz bo'lsa, myunxenliklar "Inter" hujumchisi Lautaro Martines, "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovich yoki "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Kezani sotib olish yo'lini o'rganib chiqadi.

Bosh sahifaga
291