“Yuventus” har ikki soatda futbolchilarning maoshi uchun million evro sarflamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Yuventus" ehtimoliy moliyaviy inqiroz yoqasida qolmoqda. Italiya prokuraturasi Krishtianu Ronalduning transferi tafsilotlarini va klub faoliyatining boshqa nuanslarini o'rganib, uni tovlamachilikda gumon qilmoqda. Muammoning miqyosi shundayki, “keksa sinyora” A seriya va evrokuboklardan chetlashtirilishi mumkin.
Klubning o'yinchilarning maoshi uchun sarflagan mablag'iga kelsak, bu summalar hayratlanarli. "Yuventus" har soatda o'z futbolchilari uchun 477 000 evro sarflaydi, bu kuniga 3,35 million evro, oyiga 14,5 million evro va yiliga 174 million evro. Shu bilan birga, jamoada soliqlarsiz 10 million evrodan ortiq maosh oladigan 7 futbolchi bor. Bunday raqamlarni La Gazzetta dello Sport keltirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
291