Italiya – Argentina uchrashuvi qaerda bo'lib o'tishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

Londonda Evropa chempioni (Italiya terma jamoasi) Janubiy Amerika chempioniga (Argentina terma jamoasi) qarshi o'yin o'tkazadi. Tegishli kelishuv UEFA va KONMEBOL tomonidan qabul qilingan, deb xabar beradi AP axborot agentligi jurnalisti Rob Xarris.
Uchrashuv 2022 yilning 1 iyunida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi Roberto Manchini boshchiligida finalda Angliya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag'lub etib, Evro-2020 g'olibiga aylangandi. Argentina Amerika kubogini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290