"Betis" Fekir bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

Goal xabariga ko'ra, "Betis" yarim himoyachi Nabil Fekir bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
Manbaning xabariga ko'ra, frantsiyalik himoyachi klub bilan 2026 yilgacha shartnoma tuzishi mumkin.
28 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 25 million evroga baholagan.
Fekir 2019 yilning yozidan buyon “Betis”da o'ynamoqda. 2021/22 yilgi mavsumda u jamoa uchun barcha turnirlarda 19 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249