“Real” rahbariyati Mbappe borasida fikridan qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195
“Real Madrid” rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi bo'yicha shoshilishni istamayapti. Avvalroq “qaymoqranglilar” yanvarda frantsuz bilan shartnoma imzolashi haqida xabar berilgandi, endilikda Madrid klubi fikridan qaytdi.
Klub o'z qarorini Chempionlar ligasining 1/8 finalida PSJga qarshi o'yindan so'ng qabul qiladi. Ushbu qarorga nima sabab bo'lgani haqida xabar berilmagan.
Eslatib o'tamiz, “qirollik klubi” futbolchi bilan muzokaralarni yozda, futbolchi erkin agentga aylangandan so'ng boshlash niyatida. Madridning “Real” klubi frantsiyalik futbolchi bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzolamoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!