“Bavariya” “Yuventus” futbolchisi uchun 90 million evro to'lamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 92
“Todofichajes” nashrining xabar berishicha, Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Matteys de Ligt faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, 22 yoshli gollandiyalik futbolchi Myunxenning “Bavariya” klubida qiziqishlar doirasiga tushgan. Nemis klubi rahbariyati futbolchini jamoa tarkibiga to'liq moslasha olishiga ishonmoqda va u uchun 90 million evro to'lashga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Matteysning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan va futbolchining narxi 70 million evroga baholangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!