Urugvayga yangi bosh murabbiy tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101

Mayamining “Inter” klubi sobiq ustozi Diego Alonso Urugvay terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda mahalliy futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Alonso bilan shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan. U Urugvay terma jamoasi boshqaruvidagi mashhur Oskar Tabaresni almashtirdi.
Ayni damda Urugvay terma jamoasi JCh-2022 uchun Janubiy Amerika saralash turnirida atigi 7-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 14 o'yindan keyin 16 ochkoga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
360