Messi terma jamoaga qaytdi, Argentina yutqazdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3437

FIFA kunlari doirasida Argentina va Venesuela terma jamoalari Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o'zaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi. Deyarli bir yildan keyin Messining terma jamoaga qaytishi omadli chiqmadi.
Venesuelaliklar bu bahsda 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'rtoqlik o'yini
Argentina – Venesuela 1:3 (0:2, 1:1)
Gollar: 0:1 – 6 Rondon, 0:2 – 44 Murilo, 1:2 – 59 Martines, 1:3 – 75, penalti Martines.
Argentina – Armani, Montiel, Martines (Blanko, 46), Merkado (Kannemann, 46), Talyafiko, Paredes, Lo Chelso (Pereyra, 78), Martines (Suares, 46), Foyt, Messi, Martines (Benedetto, 70).
Venesuela – Farines, Rosales, Osorio, Vilyanueva, Ernandes, Errera (Soteldo, 64), Moreno, Murilo (Urtado, 89), Rinkon, Machis (Anor, 79), Rondon (Martines, 72).
Ogohlantirishlar: Vilyanueva (33), Foyt (44), Ernandes (47), Lo Chelso (54), Rondon (56), Osorio (63), Rinkon (82), Anor (87).

Bosh sahifaga
201