"Arsenal"ning sobiq futbolchisi va sardori Obameyangga maslahat berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Vilyam Gallas Per-Emerik Obameyangga maslahat berdi. U bu haqida shunday deydi:
"Men ham bir paytlar u tushgan ahvolda qolgan edim. Dastlab, buni qabul qila olmaganman. Buni qabul qilish men uchun qiyin bo'lgan. Klub va murabbiy shu qarorga kelgan ekan, buni qabul qilishga majbursiz. Ba'zida bu futbolchiga yordam ham beradi. Chunki ayrimlar uchun sardorlik bog'ichi og'irdek tuyuladi. Sardorlik juda ham qiyin, aslida. Ammo bu hech nimani o'zgartirmaydi. Muxlislar, kim bo'lishingizdan qat'iy nazar sizdan yaxshi o'yin kutishadi. Men bunda unga o'z yo'lida yana davom etib, oldingi yorqin davriga chiqib olishini maslahat beraman. Harakat va mehnatdan to'xtamaslik kerak".
Ma'lumot o'rnida Gallas ham 2008 yilda muxlislar bosimi sabab "Arsenal" sardorligidan ayrilgan edi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
335