Mourino "Barselona" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

Kataloniyaning “Barselona” klubi qanot himoyachisi Serjino Dest faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.
ESPN xabariga ko'ra, "Roma" amerikalik legionerni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Rimliklar ustozi Joze Mourinoning shaxsan o'zi 21 yoshli futbolchining transferini talab qilmoqda.
Dest yanvardagi transfer oynasida xayrlashishga tayyor bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan.
Dest o'tgan yili "Barselona"ga kelib qo'shilgan va 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagandi.
Joriy mavsumda Serjino La Ligada 12 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
331