Mourino yuragi to'xtab qolgan «Roma» muxlisiga sovg'a taqdim etishga va'da berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 93

«Roma» bosh murabbiyi Joze Mourino A seriyaning 17-turi doirasida bo'lib o'tgan «Spetsiya»ga qarshi o'yinda (2:0) yuz bergan noxush voqea yuzasidan o'z fikrini bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, bahsning 30-daqiqasida stadionda o'tirgan muxlislardan birining mazasi qochib qoldi. 30 yoshli ishqibozning yuragi to'xtab qoldi. Unga defibrillyator orqali yordam ko'rsatildi, so'ngra shifoxonaga etkazildi.
«Men bu haqda o'yin oxirida eshitdim. Agar u menga o'z manzilini bersa, men unga o'z kurtkamni sovg'a qilaman. Kelasi safar u stadionga kelganida, mening kurtkam uni issiq tutsin», — dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307