Adeyemi tanlov qilishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Avstriyaning "Zaltsburg" klubi hujumchisi Karim Adeyemi katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.
Uning oldida hozirda "Borussiya D", "Liverpul", "Inter" va "Barselona" kabi grand klublardan takliflar bor. Biroq, futbolchi o'z kelajagini nemis klubida ko'rmoqda. Hozirda "Borussiya" va Karimning agentlari o'rtasida shaxsiy kelishuvning so'nggi detallari hal qilinmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
19 yoshli Karim joriy mavsum Avstriya chempionatining 17 o'yinida maydonga tushib, 14 gol urdi va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
325