«Manchester Siti» 39 yil avval «Liverpul» qayd etgan natijani takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

«Manchester Siti» Angliya chempionatining 17-turi doirasida o'z uyida «Lids»ni qabul qilib, 7:0 hisobida g'alaba qozondi.
«Shaharliklar» 2021 kalendar yilida APL doirasida erishilgan g'alabalar soni 33taga etdi va bundan 39 yil avval "Liverpul" tomonidan qayd etilgan rekordni takrorladi. Mersisaydliklar 1982 yilda aynan 33ta bahsda g'alaba qozonishgan edi. "Siti" bu rekordni yangilash imkoniyatiga ega. Gvardiola jamoasi yil oxirigacha yana 3ta APL uchrashuvini o'tkazadi: «Nyukasl», «Lester» va «Brentford»ga qarshi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308