Gvardiola APL rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 136

«Manchester Siti» APL 17-turida «Lids»ni mag'lub etdi. «Siti» raqib darvozasini naq etti marta ishg'ol qildi.
Bu Pep uchun Angliya Premer-ligasidagi 207-o'yin bo'ldi. Gvardiola qo'l ostida «shaharliklar» ichki chempionatda 506 ta gol urgan (har bir o'yinda o'rtacha 2,42).
Shu tariqa, Gvardiola jamoasi 500 ta gol urish uchun eng kam o'yin sarflash bo'yicha APL rekordini o'rnatdi.
Bu borada avvalgi rekord Yurgen Kloppga tegishli edi – u «Liverpul» bilan APLda 234 uchrashuvda 500 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305