Azmun bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi hujumchisi Serdar Azmun jamoani tark etishga qaror qildi, deb xabar beradi Calciomercato.
Manbaga ko'ra, futbolchi 2022 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirish taklifini rad etgan. Shunday qilib, forvard yanvarda sotib yuboriladi yoki yozda erkin agentga aylanadi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum 26 yoshli Azmun «Zenit» safida barcha turnirlar doirasida 21 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311