Boks bo'yicha O'zbekiston chempionati yangi yulduzlarni kashf etib berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

Poytaxtimizdagi «Universal» sport majmuasida boks bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi. Reglamentga ko'ra, bugun erkaklar o'rtasida final janglari o'tkazildi. Kutilganidek, barcha bellashuvlar shiddatli va murosasiz ruhda o'tdi. Qayd etish joiz, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari Dilshod Ro'zmetov, Bobousmon Baturovlarning mag'lubiyatga uchragani yangi yulduzlar etishib chiqayotganidan dalolat berdi. Quyida bugungi final bellashuvlarining natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
-48 kg. Asilbek Jalilov – Shodiyor Meliqo'ziev
-51 kg. Mironshox Ibragimov – Xujanazar Nortojiev
-54 kg. Shahzod Muzaffarov – Dilshod Abduvaliev
-57 kg. Shunqor Abdurasulov – Xasanboy Latiboxunov
-60 kg. Xurshidbek Rasuljonov – Faryozbek Xakimov
-63,5 kg. Tursunov Mujibullo – Ruslan Abdullaev
-67 kg. Jahongir Raxmonov – Javlonbek Yo'ldoshev
-71 kg. Bobousmon Baturov – Azizbek Tojiev
-75 kg. Saidjamshid Jafarov – Abdulaziz Abdupattaev
-81 kg. Dilshod Ro'zmetov – Odiljon Aslonov
-86 kg. Timur Marjanov – Jo'rabek Toshtemirov
-92 kg. Jamshidjon Abdullaev – Javohir Tog'aymurodov
+92 kg. Jahongir Zokirov – Jamshid Xudayberganov.
Shuningdek, musobaqa yakunida an'anaga muvofiq chempionatning eng yaxshi bokschisiga Rufat Risqiev kubogi topshirildi. Bu yil erkaklar o'rtasida Ruslan Abdullaev va ayollardan Nigina O'ktamova mazkur sovrinni qo'lga kiritishdi. Shuningdek, Nurxon Asadullaeva turnirning eng yaxshi hakami deb e'tirof etildi.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi O'zbekiston chempionatini barcha qit'alardan tashrif buyurgan AIBAning 3 yulduzli 8 nafar referisi mahalliy hakamlar bilan birgalikda boshqarib borishdi.
Manba: Olympic.uz
Bosh sahifaga
319