Gvardiola Agueroning matbuot anjumanida ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero 15 dekabr kuni bo'lib o'tadigan matbuot anjumanida faoliyatini yakunlaganini e'lon qiladi. "Catalunya Radio" xabariga ko'ra, tadbirda "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola va "shaharliklar" direktori Chiki Begiristayn ishtirok etadi.
Matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, 30 oktyabr bo'lib o'tgan “Barselona” – “Alaves” (1:1) o'yinida Aguero yuragi bilan bog'liq muammolar sabab maydonni tark etgan edi.
Eslatib o'tamiz, Aguero 2011 yildan 2021 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan. Klub tarkibida u to'rt marta Angliya chempionligini qo'lga kiritgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314