"Barselona" Rayola bilan yana bir transferni muhokama qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

"Barselona" PSJdan niderlandiyalik yarim himoyachi Xavi Simonsni qaytarishni istamoqda, deb xabar beradi "Diario Sport".
Manba bergan xabarga ko'ra, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta yarim himoyachining agenti hisoblangan Mino Rayola bilan uchrashgan. Simonsning PSJ bilan shartnomasi 2022 yilning yozida tugaydi. "Barselona" esa ushbu vaziyatdan foydalanib Simons bilan tekinga shartnoma tuzmoqchi.
18 yoshli Simons 2019 yildan buyon PSJda o'ynab kelmoqda. Umuman olganda, u Parij klubining asosiy jamoasida ikkita o'yin o'tkazdi. Xavi bu mavsumda UEFA Yoshlar ligasining oltita o'yinida maydonga tushdi va uchta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
329