"Chelsi" yana bir futbolchisi bilan kelishuvni uzaytiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Aristokratlar"ning daniyalik himoyachi Andreas Kristensen yana bir necha mavsum Londonda qolishi kutilmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romano o'z Twitter sahifasida ma'lum qilishicha, "Chelsi" rahbariyati 25 yoshli Andreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.
Xabarlarga ko'ra, London klubi daniyalik futbolchiga 4+1 yillik kelishuv taklif qiladi. Kristensenning o'zi jamoadagi faoliyatini davom ettirish tarafdori, deya qo'shimcha qilgan manba.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2017 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum APLda 11 o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
321