"Barselona" o'z futbolchisidan qutila olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152
"Barselona" va "Benfika" himoyachi Samuel Umtitining transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatgan. Portugaliya klubi frantsiyalik himoyachini sotib olmoqchi emas.
"Ko'k-anorranglilar" esa Umtitidan qutlishni maqsad qilgan. Jurnalist Fabritsio Romanoning fikricha, 28 yoshli futbolchining maoshi Kataloniya klubi uchun asosiy muammo hisoblanadi.
Frantsiyalik himoyachining “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!