Sarri mashg'ulotni bekor qildi va "Latsio" futbolchilari bilan uchrashuv o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri mashg'ulotni bekor qildi. Buning o'rniga u jamoa futbolchilari bilan yig'ilish o'tkazdi, deb xabar beradi Calciomercato.
Sarri shogirdlari barcha turnirlardagi so'nggi beshta uchrashuvning faqat bittasida g'alaba qozonishgan.
Rim klubi prezidenti Klaudio Lotito Sarri boshchiligidagi yangi tarkibga moslashishda qiynalayotgan o'yinchilarga "sabrini yo'qota boshladi".
Murabbiyning jamoa bilan suhbati bir yarim soat davom etdi. Uchrashuvda Klaudio Lotito ishtirok etmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299