"Atletiko" futbolchisi safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

Madridning “Atletiko” klubi frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanning son mushaklaridan olgan jarohati sabab safdan chiqqanini rasman e'lon qildi. U "Sevilya" va "Granada" bilan La Liga o'yinlarida maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, bu Grizmanning 2017 yildan beri birinchi jarohati va “Atletiko”da o'ynagan vaqtdagi ikkinchi jarohati.
Qayd etilishicha, Yan Oblak va Koke ham jamoa bilan mashg'ulot o'tkazmaydi, ikkalasining ham isitmasi baland.
Shuningdek, Ximenes, Savich va Vrsalko hozirda “matraschilar” kasalxonasida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304