"Chelsi" darvozaboni o'z yurtida nufuzli mukofotni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Aristokratlar" posboni Eduard Mendi Senegalda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
29 yoshli darvozabon g'olibni aniqlash jarayonida 321 ta ovoz to'pladi va 99 ta ovoz yiqqan “Liverpul” a'zosi Sadio Manedan katta farq bilan o'zib ketdi. “Uotford" hujumchisi Ismoil Sarr 61 ochko jamg'arib, kuchli uchlikni yakunladi.
2021 yilda Mendi "Chelsi" bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va Lev Yashin mukofoti uchun ovoz to'plashda ikkinchi o'rinni egalladi.
E'tibor bering, ushbu mukofot olti yil ichida ilk marotaba Sadio Manega nasib etmadi.
Manba: Footballhd.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340