Messi bu ko'rsatkich bo'yicha top-5 liga futbolchilari orasida etakchi o'rinda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

PSJ hujumchisi Lionel Messi joriy mavsumda darvoza ustunini (to'sin) nishonga olish bo'yicha Evropaning top-5 ligasidagi futbolchilar orasida etakchilar qatoridan joy oldi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha argentinalik forvard "Roma" hujumchisi Temmi Abraxam va "Brentford" vakili Brayan Mbebo bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.
"Opta" statistik portali ma'lumotiga ko'ra, uchchala futbolchi ham joriy mavsum 7 marotabadan darvoza ustunini (to'sin) nishonga olgan.
Qayd etish joiz, Messi joriy mavsumda "Pari Sen-Jermen" safida 6 ta gol urdi, shulardan 5 tasi Chempionlar ligasida.
Manba: Sport-Box.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
339