A Seriya. Shomurodov zaxirada qoldirilgan o'yinda "Roma" ishonchli g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

Italiya chempionatida 17-tur yakunlandi.
Ushbu turdan o'rin olgan so'nggi bahsda "Roma" o'z maydonida "Spetsiya" mexmon qildi. Uchrashuv 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.
Dastlab, birinchi bo'limning 6-daqiqasidayoq "bo'rilar" Kris Smolling kiritgan gol evaziga oldinga chiqib oldi.
Ikkinchi bo'limda Rojer Ibanes kiritgan to'p rimliklar g'alabasini mustahkamladi. Yakuniy hisob – 2:0.
Ushbu g'alaba natijasida "Roma" ochkolarini 28 taga etkazib oldi va turnir jadvalida 6-o'ringa joylashdi. "Spetsiya" 12 ochko bilan 17-pog'onada.
Italiya chempionati, 17-tur
"Roma" – "Spetsiya" – 2:0
Gollar – Smolling, 6 (1:0). Rodjer Ibanes, 56 (2:0)
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Rodjer Ibanes, Vinya, Smolling (Diavara, 64), Kumbulla, Kristante, Veretu (Bove, 90+3), Mxitaryan, Abraxam, Mayoral (Afena-Gyan, 64)
Spetsiya – Provedel, Sala (Kiver, 17), Retsa, Amian, Erlich, Nikolau, Kovalenko (Bastoni, 53), Madjore (Verde, 53), Manay, Gyasi, Strelets (Agudelo, 53)
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
370